Daromadli va uzoq muddat yashovchan biznes qurish har bir tadbirkorning orzusi. Bunga esa “bilim” “tajriba” va “mablag’”dan iborat oltin uchlik jamuljam bo’lgandagina erishish mumkin. Ushbu seminar sizni tadbirkorlik soxasiga tegishli bo’lgan poydevor bilimlar bilan qurollantiradi.

SEMINAR DASTURI

1-qism. (Davomiyligi 90 daqiqa)

Mavzu:  Nima uchun men aynan sizning mahsulotingizni sotib olishim kerak?

  1. Apple kompaniyasining muvaffaqiyat siri. Missiya
  2. Nom qo’yish, logotip, slogan.
  3. Noyob savdo taklifi (UTP). Pozistiya.
  4. Marketing. Mahsulotning bozorga kirish “nuqtasi” va usullari.”Mahsulotning iste’molchilar orasida taqsimlanish” qoidasi.
  5. Mahsulot yashash davrining 4 bosqichi. (Har bir bosqichda qo’llanadigan taktika va strategiyalar).
  6. Zamon bilan hamohanglik (XIX, XX, XXI asrlar qiyosida). Brend asri. Trend va tendenstiyalar.

 

2-qism. (Davomiyligi 90 daqiqa)

Mavzu: Tadbirkorlarning 4 xil toifasi. Qaysi toifadagilar kuniga “million”lab ishlashadi?

  1. Talant (34 xil). Talantni aniqlash usullari.
  2. Individual boshqaruv. Xodimlar bilan ishlash.
  3. Poreto qoidasi.
  4. Tadbirkor shaxsi. Zamonlar osha o’zgarmasdan kelayotgan “oltin formula”.
  5. Tadbirkorlarning to’rt xil toifasi.

Har bir ishtirokchi o’zining qaysi toifaga tegishli ekanligini aniqlaydi.

Tegishli ko’rsatma va yo’l-yo’riqlar olishadi.

SEMINARDAN SO’NG

  1. Oldin hech qaerda eshitmagan ma’lumotlarga va bilimlarga ega bo’lasiz. (Intellektual jihatdan boyiysiz!)
  2. Raqobatchilaringizdan ma’lumot jihatidan so’zsiz ustunlikka ega bo’lasiz. (Unutmang! Tashqarida informastiya asri hukm surmoqda!)
  3. Javobini izlab yurgan savollaringizning 90 foiziga javob topasiz. (Va nihoyat, miyangizning quvvati yangi g’oyalar paydo bo’lishi uchun sarflana boshlaydi).
  4. Nima uchun shu paytgacha o’zingiz xohlagandek muvaffaqiyatga erisha olmaganligingiz sababini anglab etasiz. (Hayratlanasiz!)
  5. Oldin sezilmagan hamda ahamiyat berilmagan narsalar, voqea-hodisalar va o’zgarishlarni nafaqat seza boshlaysiz, balki his eta boshlaysiz. (Transformastiya effekti).
  6. Biznesingiz kelajagini (kamida 3-5 yil) va uning rivojlanish bosqichlarida bosib o’tadigan yo’lini taxminan “ko’ra boshlaysiz” (Uzoqni ko’rabilish).
  7. Mahsulot nomidan, logotipidan, qadoqlanishi va dizaynidan hamda reklama materiallari va akstiyalaringizdan sizning tadbirkorlik sohasi bo’yicha savodxonlik darajangiz ufurib turadi (shaxsiy imij).
  8. O’qishga, o’rganishga va o’z ustingizda ishlashga bo’lgan ishtiyoqingiz va rag’batingiz ortadi (shaxsiy o’sish = biznesingiz o’sishi).
  9. Muvaffaqiyatga olib boradigan yo’lni qisqartirish qurollariga ega bo’lasiz. (Natijada, mehnatlaringiz samarasidan rohatlanish onlarini uzoq kutmaysiz!!!)
  10. Eng asosiysi sizga vaqt va mablag’ jihatidan qimmatga tushadigan xatolarning oldini olib qolasiz!